Agentlik mudofaa sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solish va ularni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat boshqaruvi organi hisoblanadi (2023-yil 31-yanvardagi PF-16-son qaror).

Harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va sotish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi.

Agentlik vazifalari:

mudofaa ahamiyatidagi korxonalar faoliyatini tartibga solish
va rivojlantirish;

harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

milliy armiyamizni mudofaa sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlashni tashkil etish;

harbiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, mahsulot eksportini tashkil etish;

harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va olib borish.

Agentlik tasarrufiga 5 korxona (“Vostok”, “ChATZ”, “ITM”, “Remtex”, “Barer”) kiradi, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlariga oid 20 dan ortiq korxonalar (“O‘zelektroapparat”, “Krantas”, “AKSUM”, “Vinlad”, “JNS Labs”, “Uzwoolentex”, OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va b.) harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, qurol va harbiy texnikani ta’mirlash, modernizatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Mazkur korxonalarda 2 000 ga yaqin ishchi xodimlar ish bilan ta’minlagan holda (oddiy ishchi xodimlardan to konstruktor va dasturchilargacha) 300 dan ortiq mahsulot ishlab chiqarilib, 70 nomlanishdagi xizmat turlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Agentlikning strategiyasi:

mudofaa ahamiyatidagi korxonalarning innovatsion va barqaror rivojlanishi;

mudofaa sanoati sohasida texnologik mustaqillikni ta’minlash;

mudofaa sanoati korxonalarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish.